English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
MIB: poytaxtda 1,5 milliard so‘mlik soliq qarzlari undirildi
13:20 / 2023-07-24

Ma’lumki, soliqlar yurtimizning yanada farovon bo‘lishi, xalqimiz turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash uchun sarflanadi.

Ammo, ayrim jismoniy va yuridik shaxslar o‘z majburiyatlarini unutib, soliq qarzlarini qasddan to‘lamasligi uchrab turadi. Bu esa, o‘z navbatida, soliqlarni majburiy tartibda undirishga olib kelmoqda.  

Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining Toshkent shahar boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari tomonidan ish yurituvdagi soliq qarzdorligini undirish bilan bog‘liq ijro hujjatlari ijrosini jadallashtirish borasida samarali ishlar amalga oshirilmoqda.  

Xususan, joriy yilning 6 oyi mobaynida ish yurituvda bo‘lgan soliq undiruvlariga oid 2,2 milliard so‘mlik 25 mingdan ortiq ijro hujjatlaridan 11 mingdan ortig‘i tamomlanib, 1,5 milliard so‘mlik soliq qarzlari undirildi.  

Misol uchun, ijro hujjatiga asosan “P.Ye” mas’uliyati cheklangan jamiyati hisobidan undiruvchi Yunusobod tumani davlat soliq inspeksiyasi foydasiga jami 2,6 milliard so‘m qarzdorlik undirish belgilangan bo‘lib, ijro harakatlari natijasida qarz to‘liq undirildi.  

 

N.Abduraimova,  

O‘zA