Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
MIB: o‘zboshimchalik bilan qilingan qurilish tashvish keltiradi
17:44 / 2026-02-25

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Namangan tumanlararo sudi tomonidan berilgan ijro varaqasiga asosan javobgar K. T. tomonidan o‘zboshimchalik bilan qurilgan uy-joyni buzish belgilangan edi.

Mazkur ijro hujati Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi Namangan viloyat boshqarmasining Davlatobod tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va qonunchilikka ko‘ra, ijro harakatlari boshlangan.

Javobgarga qarorni ixtiyoriy ravishda bajarish uchun belgilangan muddat berilgan. Biroq bu muddat davomida 50 kvadrat metr yer maydonida qurilgan yengil tipdagi bino ixtiyoriy ravishda buzilmagan.

Shundan so‘ng davlat ijrochilari tomonidan majburiy ijro harakatlari amalga oshirildi. Natijada o‘zboshimchalik bilan qurilgan bino majburiy tartibda buzilib, yer maydoni dastlabki yaroqli holatiga keltirildi. Ijro hujjati amalda tamomlandi.

– Fuqarolar, xususan tadbirkorlarimizga shuni eslatib o‘tamizki, o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlar qonunchilikka zid hisoblanadi va ularni bartaraf etish belgilangan tartibda amalga oshiriladi, – deydi MIB Davlatobod tuman bo‘limi boshlig‘i Qobiljon Arslonov. – Binobarin, “Qonun ustuvorligi – adolat mezoni” tamoyilidan kelib chiqqan holda byuro organlari tomonidan sud qarorlarining o‘z vaqtida va to‘liq ijro etilishi ta’minlanmoqda, – deydi Majburiy ijro byurosi Chust tuman bo‘limi boshlig‘i Akmal Ikromov. – Shu o‘rinda fuqarolardan yer maydonlaridan foydalanishda amaldagi qonunchilik talablariga qat’iy rioya qilishlarini so‘raymiz.      

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA