Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
MIB: Namanganda joriy yil 15,2 milliardlik undiruv amalga oshirildi
16:49 / 2022-08-08

MIBning Namangan viloyat boshqarmasi fuqarolarga yetkazilgan zararni undirish bilan bog‘liq muammolar qator ishlarni amalga oshirmoqda.

Jumladan, joriy yilning o‘tgan davridagi MIB tomonidan 549 ta hujjat bo‘yicha jami 15,2 milliard so‘m mablag‘ undirib berilgan.

Byuroning Uychi tuman bo‘limi ish yurituvida fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchqo‘rg‘on tumanlararo sudining hal qiluv qaroriga ko‘ra, da’vogar S.Akbarovga javobgar O.Madrahimov va boshqalardan 110.780.000 so‘m qarz undirib berilgan. Albatta, bunday yirik undiruvlar soni bir qanchani tashkil qiladi.

Aslida amaldagi tartibga ko‘ra, javobgarlarga qarzni to‘lash uchun ixtiyoriy muddat beriladi.

Biroq, bunga mas’uliyatsizlik bilan qaragan qarzdorlarga nisbatan undiruv ularning mol-mulkiga qaratiladi. Bu holatda ijrochilar tegishli tashkilotlarga javobgarga tegishli mol-mulklar, transport vositalari bor-yo‘qligi yuzasidan so‘rov yuboradi.

Shunday undiruvlarning birida qarzdor nomida yengil avtotransport borligi aniqlangan. Olib borilgan majburiy harakatlarda transport vositasi xatlanib, hozirda realizatsiya qilish choralari ko‘rilmoqda. MIBda bu kabi hujjatlar ijrosini ta’minlash bilan bog‘liq tadbirlar davom etmoqda.

Maftuna Karimova, O‘zA