Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
MIB: kompensatsiya va aliment to‘lovlarini undirish borasida amaliy choralar ko‘rilmoqda
12:33 / 2022-12-29

Majburiy ijro byurosining Toshkent viloyat boshqarmasi tomonidan ijro ishlari samaradorligini oshirish, fuqarolarimiz foydasiga undirilgan kompensatsiya va aliment to‘lovlarini undirish borasida amaliy chora-tadbirlar ko‘rib borilmoqda.

Jumladan, MIBning Toshkent viloyati boshqarmasi Qibray bo‘limi ish yurituviga Fuqarolik ishlari bo‘yicha Chirchiq tumanlararo sudining 2022 yildagi ijro varaqaga asosan qarzdor Sh.Ziyoyevga tegishli xonadonga Z.Tashimova va uning 2018 yilda tug‘ilgan farzandi A.Abduhoshimovni uyga kiritib qo‘yish bo‘yicha ijro hujjati tushgan.  

Tuman bo‘lim davlat ijrochilari olib borgan majburiy ijro harakatlari natijasida joriy yilning dekabr oyida undiruvchi ona va uning farzandi Qibray tumanidagi Olmazor MFY, "Charog‘on" ko‘chasi, 12-uyga kiritib qo‘yildi.  

Bundan tashqari, MIBning Qibray tuman bo‘limiga Fuqarolik ishlari bo‘yicha Chirchiq tumanlararo sudining 2021 yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdor B.Mamadaliyevdan N.Mamadaliyeva foydasiga 86 mln. 697 874 so‘m kompensatsiya puli undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati yo‘naltirilgan.  

Bo‘lim davlat ijrochilari olib borgan ijro harakatlari natijasida mazkur kompensatsiya pullaridan 81 mln. 570 755 so‘m undirilib, N.Mamadaliyevaning plastik kartasiga o‘tkazib berildi.  

 

O‘zA