Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
MIB ko‘magida 5 yillik to‘lov oldindan undirildi
16:41 / 2023-05-01

Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi Namangan viloyati boshqarmasining Yangi Namangan tumani bo‘limi ish yurituvidagi aliment bilan bog‘liq hujjatlar ijrosi doirasida targ‘ibot va tushuntirish tadbirlari amalga oshirilmoqda. Buning pirovard natijasida, farzandlar moddiy ta’minotini o‘z vaqtida to‘lab borayotgan otalar soni ortib bormoqda.

Shuning barobarida, voyaga yetmagan farzandi uchun amaldagi tartibga asosan oldindan besh yilligini yoki 18 yoshga qadar to‘lab bermoqda. Masalan, fuqarolik ishlari bo‘yicha Namangan tumanlararo sudining buyrug‘iga asosan qarzdor A. A. dan undiruvchi R. A foydasiga bir nafar farzandi uchun aliment undirish belgilangan. Bo‘lim ish yurituvidagi mazkur xujjat ijrosini ta’minlash maqsadida davlat ijrochisi tomonidan harakatlar olib borildi.  

Byuroning Yangi Namangan tumani bo‘limi davlat ijrochisining tushuntirish ishlari o‘z samarasini berdi hamda qarzdor A. A. o‘z bolasining ta’minoti uchun 2028 yilga qadar hisoblangan 76 million 734 ming so‘m aliment pullarini oldindan to‘lab berdi.

Oqilxon Dadaboyev,

 O‘zA