MIB ko‘magida 1019 ta oila yarashtirildi
Majburiy ijro byurosi Andijon viloyati boshqarmasi, uning tuman, shahar bo‘limlari tomonidan voyaga yetmagan shaxslarni moddiy ta’minlash, ularning huquqlarini himoya qilish, aliment pullarini o‘z vaqtida undirish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.
Majburiy ijro byurosi Andijon valoyati boshqarmasi matbuot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yilda ijro hujjatlari ijrosini ta’minlash doirasida 1019 ta oila yarashtirilgan. Ishsizligi tufayli aliment pulini to‘lolmay kelayotgan 820 nafar qarzdor otalar ishga joylashtirilgan. 24 186 nafar undiruvchiga aliment pullari uchun alohida bank plastik kartasi ochib berilgan. Shuningdek, 662 nafar qarzdor aliment pullarini o‘z vaqtida to‘lamaganligi sababli ma’muriy javobgarlikka tortilgan, 35 nafar qarzdorga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
F. UBAYDULLAEV, O‘zA