Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
MIB: ish haqlari to‘lab berildi
17:05 / 2025-05-16

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus tumanlararo sudining ijro hujjatlari asosida qarzdor “Ishonchli xarid savdo” mas’uliyati cheklangan jamiyatidan 4 nafar ishchi- xodimning foydasiga jami 31,1 million so‘m oylik ish haqlarini undirish belgilangan.

Javobgar “Ishonchli xarid savdo” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan ushbu sud qarori ijrosi ta’minlanmagan va ishchilarning ish haqlari berilmagan.

Ishchilar sud qaroriga asosan chiqarilgan ijro varaqalarning ijrosini ta’minlab berishni so‘rab,  Majburiy ijro byurosi Amudaryo tuman bo‘limiga murojaat qildi. Bo‘lim davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga tegishli “SWEL 210” rusumli maxsus texnika tegishli tartibda xatlovga olindi. Natijada qarzdor 4 nafar ishchining ish haqlarini to‘lab berdi.  

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri