Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
MIB ish boshlaganiga 5 yil bo‘ldi
10:59 / 2022-05-28

Majburiy ijro byurosi Surxondaryo viloyati boshqarmasida ochiq eshiklar kuni o‘tkazildi.

29 may – Majburiy ijro byurosi organlari tashkil topgan kun munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda Termiz yuridik texnikumi o‘quvchilari, ommaviy axborot vositalari xodimlari va blogerlar ishtirok etdi.

Prezidentimizning 2017 yil 29 maydagi "Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda iste’mol qilish sohasida to‘lov intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek, ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" gi farmoni bilan tashkil etilgan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi mamlakatimizda sud va boshqa organlar hujjatlarini ijro etib, odil sudlovni amalga oshirish, fuqarolarning qonuniy manfaatlari, huquq va erkinliklarini ta’minlashning yangi davrini boshlab berdi. 

Ochiq eshiklar kuni ishtirokchilariga Majburiy ijro byurosi organlarining tashkil etilishi, rivojlanish bosqichlari hamda amalga oshirilayotgan ishlar, fuqarolarga yaratilgan qulayliklar haqida ma’lumot berildi. Byuroning mib.uz saytida qarzdor va undiruvchilarga ijro hujjatlari bo‘yicha ijro harakatlarini kuzatish, sms-xabarnoma avtomat tizimi orqali qarzdorlarga ijro ishi qo‘zg‘atilganidan tamomlashgacha bo‘lgan jarayon haqida xabar berish, android mobil aloqa vositalari orqali qarzdorlik va xorijga chiqishga qo‘yilgan taqiqlarni aniqlash, mib.uz mobil ilovasi shuningdek, onlayn to‘lov tizimlari orqali qarzdorlikni tekshirish va to‘lash imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdi. 

Tadbir qatnashchilari Majburiy ijro byurosi organlari tashkil etilganining 5 yilligi bilan soha xodimlarini tabriklab, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi. 

Shu kuni soha xodimlari, jurnalist va blogerlar uchun Termiz shahridagi arxeologiya muzeyi hamda Surxondaryo viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyiga ekskursiya ham uyushtirildi. Sayohat vohaning tarixi, madaniyati va qadimiy topilmalari bilan yaqindan tanishgan ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. 

Xolmo‘min MAMATRAYIMOV,
O‘zA muxbiri