Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
MIB hisob raqamiga to‘lovlar endi faqatgina “Munis” to‘lov tizimi orqali amalga oshiriladi
08:31 / 2022-12-29

Majburiy ijro byurosi organlari ish faoliyatida zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng foydalanilgan holda yaratilgan axborot tizimlari tufayli ijro ishi bo‘yicha barcha jarayonlarni avtomatlashtirish choralari ko‘rilmoqda.

Ijro hujjatlari bo‘yicha jarayonlarni to‘liq avtomatlashtirish, shuningdek qarzdorlardan undirilayotgan mablag‘larni o‘z vaqtida undiruvchilarga taqsimlash maqsadida to‘lovlarni faqatgina “Munis” to‘lov tizimlarining “0209” MIB to‘lovi xizmati orqali qabul qilish yo‘lga qo‘yildi.

Shu sababli 2023 yilning 10 yanvar kunidan boshlab Byuroning barcha tuman (shahar) bo‘limlarining hisob raqamlariga to‘lovlar faqatgina “Munis” to‘lov tizimlarining “0209” MIB to‘lovi xizmati orqali amalga oshiriladi.

Shundan so‘ng, Byuroning tuman (shahar) bo‘limlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri banklararo to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyati cheklanadi.  

Agar cheklov joriy qilingan sanadan keyin texnik xatoliklar sababli kelib tushgan mablag‘lar ijro hujjati bo‘yicha qabul qilinmasdan to‘lovni amalga oshirgan yuridik yoki jismoniy shaxslarga qaytariladi.

Bu haqida barcha vazirlik va idoralar, byudjet tashkilotlari hamda tijorat  banklariga ma’lum qilingan.

Ijro hujjati raqami va ijro hujjatlari bo‘yicha boshqa barcha ma’lumotlarni Byuroning internetdagi www.mib.uz sayti orqali olishingiz mumkin.

O‘zA