Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
MIB harakati bilan barbod bo‘lgan oila qayta tiklandi
12:08 / 2021-04-23

Quyidagi holatda er-xotin dastlab tinch-totuv yashashgan.

Keyinchalik oilada arzimas kelishmovchiliklar ro‘y bergan. Ayol ota-onasining uyiga ketib qolib, ikki nafar voyaga yetmagan farzandlarining moddiy ta’minoti uchun turmush o‘rtog‘idan aliment undirib berishni so‘rab sudga murojaat qilgan.

Er-xotin bir birlarining fe’l-atvori mutlaqo to‘g‘ri kelmagani uchun ajrashishga qaror qilgan. Tabiiyki sud tomonidan belgilangan aliment majburiyatini bajarmayotgan er eshigini MIB xodimlari taqillatib kelishadi.

Majburiy ijro byurosining Yangihayot tuman bo‘limi ish yurituvida FIB Yakkasaroy tumanlararo sudining 17.02.2016 yildagi ijro varaqasiga asosan, qarzdor A.Axmedjanovdan undiruvchi Sh.Axmedjanova foydasiga ikki nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy ta’minoti uchun 1/3 qism miqdorida aliment undirish belgilangan edi.

Byuroning Yangihayot tuman bo‘limi davlat ijrochisi A.Abdumajidov tomonidan huquqiy tushuntiruv ishlari olib borilgan. Natijada qarzdor va undiruvchi ikki nafar voyaga yetmagan farzandlarining kelajagiga befarq bo‘lmay, ularning otasiz katta bo‘lishini istamasligini ta’kidlab o‘z oilalarini tiklashga qaror qilishdi.

Salkam 5 yildan buyon ajrimda bo‘lgan mazkur oila MIB Yangihayot tuman bo‘limi davlat ijrochilarning sa’y-harakatlari tufayli oilalari qayta tiklanganligi uchun Byuro rahbariyatiga minnatdorchilik bildirish maqsadida joriy yilning 21 aprel kuni Byuro direktori X.Kabirdjanov ishtirokidagi sayyor qabulga kelishdi.

Ushbu fursatda MIB faqat jarima undiruvchi idora emasligi, ziddiyatga kirishgan tomonlarga doim huquqiy maslahat va tushuntirishlar berish orqali, nizolashayotgan tomonlar o‘rtasidagi munosabatlarni iliqlashtirib yarashtirish uchun bor imkoniyatlaridan foydalanishlari haqida ham aytib o‘tildi.

O‘zA