Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
MIB: da’vogar farzandi bilan uyga kiritildi
18:46 / 2023-09-28

Amaldagi qonunchilikda fuqarolar gohida o‘z huquqi bo‘lgan uyga kiritilishini so‘rab sudlarga murojaat etishganda, ularning talabi va qonuniy tarzda uyga kiritilishi haqida hujjatlar qabul qilinadi. Bugungi kunda Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi Namangan viloyat boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari ish yurituviga kelib tushayotgan nomulkiy tusdagi, ya’ni uyga kiritish, uydan chiqarish, noqonuniy qurilmalarni buzish kabi hujjatlar ijrosini ta’minlash borasida tegishli choralarni ko‘rib kelmoqda.

Byuroning Kosonsoy tumani bo‘limi ish yurituvidagi ana shunday toifadagi hujjat ijrosi to‘liq ta’minlanib, amalda tamomlandi. Fuqarolik ishlari bo‘yicha Yangiqo‘rg‘on tumanlararo sudining 2023 yil 12 maydagi hal qiluv qaroriga asosan da’vogar Z.S.ni bir bolasi bilan Kosonsoy tumani Buloqboshi mahallasi, Ko‘ktosh ko‘chasida joylashgan xonadoniga majburiy tartibda kiritib qo‘yish belgilangan. Mazkur hujjat ijrosini ta’minlash borasida harakatlar olib borilgan. Biroq majburiyat bajarilmagach, ijro harakatlari olib borilgan.  

Dastlab ikki marotaba majburiy ijro harakatlari tayinlangan. Ammo birinchi marotaba qarzdor ijro tayinlangan manzilda bo‘lmagan. Ikkinchisida esa javobgar betobligi sababli qoldirilgan. Navbatdagi tayinlangan ijro davomida surishtiruvchi tomonidan qarzdorga qarshilik ko‘rsatganlik uchun javobgarlik tushuntirilganidan keyin tegishli tashkilotlar hamkorligida uyga kiritib qo‘yilishi ta’minlandi.  

– Umuman, Byuroning shahar va tumanlar bo‘limlari ish yurituviga kelib tushayotgan nomulkiy tusdagi hujjatlar ijrosi alohida nazoratda, – deydi MIB Namangan viloyati boshqarmasi surishtiruv va ma’muriy amaliyot shu’basi katta surishtiruvchisi Sodiqjon Muhiddinov. – Tahlillarga ko‘ra, joriy yilning o‘tgan davrida 1 ming 597 ta shu turdagi ijro hujjati kelib tushgan. Olib borilgan majburiy ijro harakatlari natijasida ularning 799 tasi amalda tamomlangan. Asosiysi, uyga kiritish, uydan chiqarish singari hujjatlar ijrosini ta’minlash davomida taraflarga huquqiy tushunchalar berib kelinmoqda.  

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA muxbiri.