Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
MIB: boysunlik o‘qituvchilar ishga qayta tiklandi
12:23 / 2025-11-27

Surxondaryo viloyatining Boysun tumanidagi maktablardan birida ta’lim muassasasi direktori bilan matematika, ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari, shuningdek, ikki nafar boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi o‘rtasida kelishmovchilik yuz bergan. Bu holatdan g‘azab otiga mingan maktab direktori ularning mehnat shartnomasini asossiz bekor qilgan.

Muallimlar ham anoyi emas ekan. Tegishli tartibda sudga murojaat etib, huquqlarini himoya qilishni so‘ragan. Sud jarayonida barcha holatlar chuqur o‘rganilganida maktab direktorining buyruqlari qonuniy emasligi aniqlanib, bekor qilindi va  o‘qituvchilarning huquqi tiklandi.

Sudning tegishli hujjatini MIB Boysun tuman bo‘limi qabul qilib olgach, ijro harakatlariga kirishildi. Davlat ijrochilari maktab direktoriga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 15 barobari miqdorida jarima qo‘llab, asossiz ishdan bo‘shatilgan to‘rt nafar o‘qituvchini o‘z ishiga tikladi. Adolat qaror topib, ustozlar yana o‘quvchilariga fan sirlaridan saboq bera boshladi. 

Xolmo‘min Mamatrayimov,

O‘zA muxbiri