MIB aralashuvi orqali qarz undirildi
Guliston tumanlararo iqtisodiy sudi qarori asosida “Hududgazta’minot” foydasiga 100 million so‘m miqdordagi qarzdorlik majburiy tartibda undirildi. Majburiy ijro byurosining Xovos tumani bo‘limi qarzdor korxonadan qarz mablag‘ini to‘liq undirishni ta’minladi.
MIB ma’lumotlariga ko‘ra, qarzdor korxona sud qarori chiqarilgandan so‘ng belgilangan muddatlarda qarzni ixtiyoriy ravishda to‘lamagan. Shu sababli ijrochilar tomonidan majburiy ijro harakatlari boshlangan va qarzdorning ayrim mulklari xatlangan.
Ko‘rilgan choralar natijasida 100 million so‘mlik qarzdorlik naqd tarzda undirilib, “Hududgazta’minot” korxonasi hisob raqamiga o‘tkazib berildi.
Tashkilot mutasaddilari qayd etishicha, sud hujjatlarining o‘z vaqtida va to‘liq ijro etilishi gaz ta’minoti tizimining barqaror faoliyat yuritishi, xizmatlar sifatini oshirish va iste’molchilar oldidagi majburiyatlarni o‘z vaqtida bajarishda muhim ahamiyatga ega.
G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri