Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
MIB Andijon viloyat boshqarmasi umumta’lim maktablariga kompyuter sovg‘a qildi
18:11 / 2021-03-18

Majburiy ijro byurosi Andijon viloyat boshqarmasi va uning tuman, shahar bo‘limlaridagi ehtiyojdan ortiqcha, foydalanilmasdan turgan soz holatdagi kompyuter jamlanmalari qator tuman va shaharlarning 2-sektori hududida joylashgan umumta’lim maktablariga sovg‘a sifatida topshirildi.

– Taqdim etilgan kompyuterlar farzandlarimizning puxta bilim olishi, ayniqsa, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanishni yanada yaxshi o‘rganishlariga yordam beradi, – deydi MIB Andijon viloyat boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Davronbek Mo‘minov. – Sovg‘amiz bilan ta’lim sifati va samaradorligini oshirishga hissa qo‘shayotganligimizdan xursandmiz.

Andijon shahri, Asaka, Marxamat va Paxtaobod tumanlaridagi qator umumta’lim maktablariga jami 36 dona kompyuter jamlanmasi sovg‘a qilindi.

Sovg‘a va e’tibordan maktab jamoalari, ayniqsa, o‘quvchi yoshlar behad mamnun bo‘ldi.

F. Ubaydullayev, O‘zA