Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
MIB: Alimentdan bo‘yin tovlagan mingbuloqlik ota 15 sutkani ma’muriy qamoqda o‘tkazadi
21:53 / 2020-12-18

O‘z farzandi uchun moddiy ta’minotdan bo‘yin tovlab kelgan mingbuloqlik otaga ma’muriy sudning qarori bilan 15 sutkalik qamoq tayinlandi.

Aniqlanishicha, fuqaro K. N. (ismi familiyasi o‘zgartirilgan) turmush o‘rtog‘i bilan ajrashib ketadi. Fuqarolik ishlari bo‘yicha Namangan tumanlararo sudining qarori bilan bir nafar voyaga yetmagan farzandi uchun har oyda topgan daromidan aliment to‘lanishi yuklatiladi. Mazkur ijro hujjati Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining Mingbuloq tumani bo‘limi ish yurituviga olinadi.

MIB viloyat boshqarmasiga ko‘ra, davlat ijrochisi tomonidan qaror qabul qilinib, otaning mas’uliyati bir necha bor tushuntiriladi. Biroq, bundan to‘g‘ri xulosa qilmagan mas’uliyatsiz ota o‘z dilbandi uchun aliment to‘lashni paysalga solib keladi. Ish bo‘yicha to‘plangan hujjatlar tuman ma’muriy sudga yuboriladi. 2020 yil 18 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan sud majlisida fuqaroga nisbatan amaldagi qonunchilikka asosan 15 sutkalik ma’muriy jazo qo‘llanildi.

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA