Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
MIB: 84,9 trillion so‘mlikdan ortiq hujjatlar ijrosi ta’minlandi
09:49 / 2023-12-27

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining so‘zsiz ijrosini ta’minlash bo‘yicha izchil faoliyat yuritmoqda.

Shu bilan birga, ijro hujjatlari hamda undirilgan mablag‘larning haqqoniy hisobini yuritish, ijro ishi yuritishda sansalorlik va suiiste’molchilik holatlarining oldini olish kabi ishlar ijrosi o‘z vaqtida ta’minlanmoqda.    

Majburiy ijro byurosi matbuot xizmatidan ma’lum qilishlaricha, joriy yilning o‘tgan davrida byuro organlari tmonidan 84,9 trillion so‘mdan ortiq hujjatlar ijrosi ta’minlanib, 35,9 trillion so‘mlik undiruvlar amalga oshirildi  

Davlat foydasiga 14,4 trillion so‘m, tadbirkorlik va boshqa sub’ektlar foydasiga 19,8 trillion so‘m hamda fuqarolar manfaatlari uchun 1,7 trillion so‘mdan ziyod mablag‘lar undirildi.  

“Aliment to‘lovlari” jamg‘armasi hisobidan 975 nafar undiruvchiga 14,9 milliard so‘m pul mablag‘lari to‘lab berildi.  

Aliment to‘lash istagi bo‘la turib, lekin ish bilan band bo‘lmagan 27 ming 275 nafar fuqaro ishga joylashtirildi. Olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida 44 ming 800 dan ortiq oila yarashtirildi.  

Soliq qarzdorliklarini undirish bo‘yicha 902 mingdan ortiq 29,5 trillion so‘mlik ijro hujjatlari bo‘yicha majburiy ijro harakatlari amalga oshirilib, 231 mingta ijro hujjatlari bo‘yicha 11,9 trillion so‘m qarzdorlik undirildi.  

Norgul Abduraimova, O‘zA