Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
MI6 rahbari: Yevropadan chiqarib yuborilgan 400 diplomat Rossiya razvedkasining yarmidir
11:37 / 2022-07-22

Ukrainada maxsus operatsiya boshlanganidan keyin Yevropa davlatlaridan chiqarib yuborilgan 400 nafar rossiyalik diplomat diplomatik niqob ostida ishlayotgan Rossiya razvedka xodimlarining qariyb yarmini tashkil qiladi.

Bu haqda Britaniya tashqi razvedka xizmati MI6 rahbari Richard Mur bayonotiga tayanib, “TASS” xabar berdi. 

Departament rahbarining fikricha, rossiyalik diplomatlarning chiqarib yuborilishi bu davlat razvedkachilarining Yevropada josuslik faoliyatini amalga oshirish imkoniyatini ikki barobarga qisqartirgan.