MHTI Marg‘ilon shahrini rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqdi
Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti ekspertlari tomonidan Marg‘ilon shahrini rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqildi.
MHTI matbuot xizmatiga ko‘ra, ushbu konsepsiyani ishlab chiqishda shaharning rivojlanish tendensiyalari, xususan, xizmatlar sohasining rivojlanishi, turizm salohiyati, uy-joy qurilishi va ekologik muammolarga e’tibor qaratilgan.
Tahlillar natijasida shaharning raqobat ustunliklari aniqlanib, rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.
Marg‘ilon shahrini rivojlantirish konsepsiyasi yo‘l bo‘yi xizmatlarini rivojlantirish, Marg‘ilon “Shirmoy non”i brendini targ‘ib qilish, hunarmandchilik yo‘nalishida raqamli platforma yaratish, Yodgorlik fabrikasining VR loyihasini ishlab chiqish va boshqa asosiy yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi.
N.Ziyodullayeva tayyorladi, O‘zA