French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
mGovAward mobil ilovalar tanlovining ikkinchi to‘lqini boshlanadi
17:45 / 2021-12-09

Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkidan ma’lum qilishlaricha, mGovAward davlat mobil ilovalari ishlanmasi uchun respublika tanlovining ikkinchi to‘lqini boshlanmoqda.

Tanlov Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki,  Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Birlashgan Arab Amirliklari  hukumati bilan hamkorlikda o‘tkazilmoqda.  Unda talabalar va o‘quvchilar ishtirok etishlari mumkin. 

Tanlov  ta’lim, sog‘liqni saqlash, sayyohlik, transport va logistika, tadbirkorlik, ekologiya va toza energiya, pul va soliqlar, qonunchilik kabi 8 yo‘nalish bo‘yicha o‘tkaziladi. 

Unda ishtirokchilar ushbu yo‘nalishlardan biri bo‘yicha davlat  sektori uchun mobil ilova ishlab chiqishi kerak bo‘ladi. 
Tanlovning pul mukofoti xuddi  o‘tgan yildagi kabi 100 ming AQSH dollarini tashkil etadi.  Tanlov haqidagi batafsil ma’lumotlar mGovAward  tanlovi rasmiy taqdimotining   onlayn-translyatsiyasida ma’lum qilinadi. 
Marosim 11 dekabr kuni 11:00 da boshlanadi. 

mGovAward mobil ilovalar bo‘yicha birinchi tanlov 2019-2020 yillarda 5 ta yo‘nalish bo‘yicha o‘tkazilgan edi. 

 

Roman BONDARCHUK, O‘zA