Mezoterapiya, botoks foydalimi? (+video)
Ayol borki, ajinlarga qarshi kurashadi, doim yosh va navqiron ko‘rinishga harakat qiladi. Zamonaviy tabobat va plastik jarrohlik esa ayollarimizning bu istaklarini ruyobga chiqarish uchun turli‑tuman uslublarni taklif qilib kelmoqda.
So‘nggi paytlarda massaj, botoks va shunga o‘xshash yoshartiruvchi muolajalar bilan birga, ayollar o‘rtasida mezoterapiya uslubi ham anchayin ommalashgan. Ba’zi ayollarda nasliy yoki boshqa holatlar sabab erta qarish, yuzga tez ajin tushishi kuzatiladi. Bunday hollarda kosmetologik vositayu, kremlar ham yordam bermaydi.
Albatta ushbu holatlarda har bir ayol professional mutaxassis xizmatiga ehtiyoj sezadi. Mezoterapiya va botoks muolajalari haqida batafsil ma’lumot olish uchun biz ham shifokor dermatolog-kosmetolog Baxodirxon Obiddinxonovni suhbatga chorladik.
Batafsil:
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/zB_-h7u6Yo0" title="Mezoterapiya, botoks foydalimi?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>
M.Turdaliyeva, D. Yakubov (video),O‘zA