Me’yoriy talablarga javob bermagan g‘isht mahsulotlari aniqlandi
Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasining Navoiy viloyati bo‘limi tomonidan Samarqand viloyati Payariq tumani "Qorasuv" QFYda joylashgan "O.T.I" MCHJ (nomi o‘zgartirilgan)da davlat nazorati tekshiruvi o‘tkazildi.
Tekshiruv davomida korxona tomonidan ishlab chiqarilgan sopol g‘isht mahsulotlari O'ZDSt 3255:2017 me’yoriy hujjati talablariga mos kelmasligi aniqlandi. Sifat kafolatisiz mahsulotlardan foydalanish qurilish sifatiga hamda zilzilabardoshlikka salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi qayd etildi.

Davlat nazorati yakuniga ko‘ra, korxonaga mahsulot qiymatining 50 foizi miqdorida jarima qo‘llanildi hamda qoldiqdagi 168 ming dona sopol g‘isht mahsulotini realizatsiya qilish taqiqlanishi bo‘yicha ko‘rsatma berildi.
Hamroz Bayanov,
O‘zA