Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Meynda xususiy samolyot halokatga uchradi
17:36 / 2026-01-26

AQSHning shimoli-sharqidagi Meyn shtatida bortida 8 kishi bo‘lgan xususiy samolyot halokatga uchradi, deb yozmoqda “CNN” nashri.

Ta’kidlanishicha, “Bombardier Challenger 600” uchog‘i Bangor xalqaro aeroportidan uchish paytida halokatga uchragan. Ayni paytda voqea yuzasidan tergov boshlangan.

Bangor aeroporti ma’muriyati uchish-qo‘nish yo‘lagi vaqtincha yopilgani va aholini eroportdan uzoqroq masofada turishga undadi.

Hozircha yo‘lovchilar va ekipajning ahvoli haqida hech qanday ma’lumot yo‘q.

G.Sattorova, O‘zA