Mexanizatorlar malaka oshirmoqda
Buxoro davlat texnika universitetida paxta terish mashinalari mexanizatorlarini tayyorlash va ular malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv kursi start oldi. Nazariy va amaliy mashg‘ulotlardan iborat mazkur kurslarga oliy ta’lim muassasalari o‘qituvchilari, ishlab chiqaruvchi korxona mutaxassilari jalb qilingan.
Kurs qatnashchilari “Boshiran”, “John Deer”, “SVAN”, “FM Vorld”, “Kanza” va boshqa rusumdagi yangi paxta terish mashinalari texnik boshqaruvi, shuningdek, ish rejimi, maket, butlovchi qismlarni puxta o‘zlashtirishga kirishdi. Ayni kunda tumanlarda paxtachilik mavsumida mavjud 130 dan oshiq turli rusumdagi paxta terish agregatidan foydalanib kelinadi.


Viloyatda paxta terish mashinalari mexanizatorlarini tayyorlash bo‘yicha o‘quv kurslari mazkur oliy ta’lim maskani bilan birga, G‘ijduvon agrotexnologiyalar texnikumi va Qorako‘l tumanidagi 2-sonli politexnikumda ham tashkil etilmoqda.
Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.