-
Akademik Mahmud Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutida bugungi kunda meva va uzumning istiqbolli navlari asosida sertifikatlangan ko‘chatlar yetishtirib kelinmoqda. Institutda olma, nok, shaftoli, o‘rik, olxo‘ri, gilos, bodom, yong‘oq, funduk, anjir va uzumning mahalliy hamda xorijiy hosildor navlari ilmiy asosda ko‘paytiriladi. Yetishtirilayotgan ko‘chatlar nav tozaligi, genetik barqarorligi va fitosanitar talablarga muvofiqligi bo‘yicha qat’iy nazoratdan o‘tkazilib, sertifikat asosida realizatsiya qilinadi. Bu esa yuqori hosildor, kasalliklarga chidamli hamda bozor talabiga javob beradigan bog‘lar barpo etishga xizmat qiladi. Xususan, olmaning intensiv bog‘lar uchun mo‘ljallangan navlari, nokning istiqbolli turlari, shuningdek, eksportbop uzum navlariga yurtimizda talab yuqoriligi bois bu yerda ilmiy asosda ko‘paytirilmoqda. Ko‘chat o‘tqazish agrotexnikasi bo‘yicha ushbu institut ilmiy xodimi Nodirbek Jalilovga yuzlandik.
- Har yili yurtimizda “Yashil makon” umummilliy dasturi doirasida nihol o‘tqazish amallari bajariladi. Ko‘chat ekishda nimalarga e’tibor qaratish kerak? Ko‘chatning hosildorligini qaysi belgilaridan ajratib olish mumkin?
- Mana bahor ham kirib keldi. Hamma joyda ko‘chat ekish, kesish, shakl berish, yangi bog‘lar barpo qilishishlari boshlab yuborilgan. Tomorqamizda yoki katta maydonlarda bog‘ barpo qiladigan bo‘lsak birinchi o‘rinda ko‘chatni sifatiga, uni ko‘rinishiga e’tibor qaratish kerak...
Har bir ko‘chatning biologik xususiyatiga qarab, hududning tuproq sharoitiga mos bo‘lgan navlarni tanlash ma’qul bo‘ladi. Masalan, janubiy hududlarimizda asosan anor, anjir, subtropik ekinlar yetishtiriladi. Teparoq qismlarida olma, olxo‘ri, nok, tog‘, tog‘oldi zonalarda yong‘oq, bodom ko‘chatlari ko‘proq mos keladi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/jI6W-EQASCk" title="Mevali ko‘chatni qanday tanlash kerak?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Sanjar Toshpo‘latov, Nishonboy Abduvoyitov, Salim Obidjonov, O‘zA