French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mevali daraxtlar, yashil maydonlarni zarakunandalardan himoya qilishga qaratilgan loyiha amalga oshirildi
19:56 / 2023-08-17

Yurtimizdagi bog‘dorchilik, dehqonchilik xo‘jaliklari, shaxsiy tomorqa va boshqa maydonlarni turli zararkunandalardan himoya qilish dolzarb vazifa hisoblanadi.

O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi tomonidan mevali daraxtlar, yashil maydonlar, aholi xonadonlarini karantin ko‘rigidan o‘tkazish maqsadida "Dolzarb o‘n besh kun" tadbiri o‘tkazildi.    

Joriy yil 31 iyulda boshlangan loyiha doirasida “Qovun pashshasi” zararkunandasi hamda madaniy o‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishiga salbiy ta’sir qiladigan “Zarpechak”, “Sudraluvchi kakra” kabi begona o‘tlarga qarshi ommaviy kurashish ishlari amalga oshirildi.      

Poytaxtimizning 12 tumaniga biriktirilgan karantin inspektorlari mevali daraxtlar, yashil maydonlar, aholi xonadonlari karantin ko‘rigidan o‘tkazilib, zararkunandalarga qarshi kurashish choralari haqida tavsiyalar berildi.    

Ko‘riklarda zararli organizmlar mavjudligi shubhaga olingan o‘simliklardan namunalar olinib, sayyor laboratoriyalar yordamida tekshirildi.

«Dolzarb 15 kun» doirasida hududlardagi manzarali daraxtlar, gullar va boshqa o‘simliklar belgilangan tartibda zararsizlantirildi. 

Aytib o‘tish kerakki, keyingi yillarda o‘simliklar karantini tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi. Sohaga ilm-fan yangiliklari, xalqaro amaliyot va raqamli texnologiyalar keng joriy etilgani ishlar samaradorligini oshirmoqda.    

Sh.Mamaturopova, O‘zA