Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Meva yetishtirish hajmi o‘tgan yilga nisbatan 4,3 foizga oshdi
17:02 / 2025-11-03

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar–sentyabr oylarida respublikadagi barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan qariyb 2,6 million tonna meva va rezavorlar yetishtirilgan.

Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4,3 foizga o‘sdi.

Hududlar kesimida meva va rezavorlar yetishtirish hajmi quyidagicha taqsimlandi:

Andijon viloyati – 496 256 tonna

Farg‘ona viloyati – 380 544 tonna

Samarqand viloyati – 344 952 tonna

Buxoro viloyati – 266 674 tonna

Namangan viloyati – 244 079 tonna

Qashqadaryo viloyati – 173 349 tonna

Surxondaryo viloyati – 151 808 tonna

Xorazm viloyati – 143 174 tonna

Toshkent viloyati – 101 747 tonna

Navoiy viloyati – 95 191 tonna

Jizzax viloyati – 73 621 tonna

Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 47 086 tonna

Sirdaryo viloyati – 39 162 tonna

Toshkent shahri – 949 tonna

Meva yetishtirish hajmi bo‘yicha Andijon viloyati yetakchilik qilmoqda.

Hamroz Bayanov, O‘zA