Meva-sabzavotni ko‘paytirish uchun yaylov, qir va adirlardan samarali foydalanish juda muhimligi ta’kidlandi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qishloq xo‘jaligi sohasi xodimlari kuni munosabati bilan soha vakillari bilan muloqot o‘tkazmoqda.
Shu maqsadda sanoatlashgan bog‘, tokzor tashkil qilish, sabzavot, ozuqa ekini yetishtirish uchun adir yerlar qiymatining 1 foizi miqdoridagi narx bilan auksionda sotiladi.
Auksion g‘oliblari yerni boshqa odamga qayta ijaraga berishi mumkin bo‘ladi va ijara huquqi bepul ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Bu imkoniyatlar hisobiga ishbilarmon fermerlarimiz kelgusi yil 100 ming gektar adir yerlarni foydalanishga kiritishiga ishonch bildirildi.
O‘zA