Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Meva-sabzavotchilik sanoati marketingni talab etadi
17:06 / 2022-10-11

Farg‘ona shahrida meva-sabzavot mahsulotlarini daladan iste’molchigacha yetkazib berish zanjirini takomillashirish bo‘yicha xalqaro tajribani o‘rganish masalasiga bag‘ishlangan seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Farg‘ona viloyati hokimligi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda shahar va tuman hokimiyatlari vakillari, mahalliy fermerlar, eksportchilar ishtirok etdi.

Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, anjumanga taklif etilgan mutaxassislar ishtirokchilarga marketing strategiyasi usullari, meva-sabzavot mahsuloti bozorining istiqbolli yo‘nalishlari haqida ma’lumot berdi.

Shuningdek, tashqi bozorni izchil tahlil qilish, iste’molchi talabini o‘rganish muhim eganligi qayd etildi.

Seminar-trening yakunida ekspertlar mahalliy fermerlarga amaliy maslahatlar berishdi.

Roman BONDARCHUK, O‘zA