Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Meva-sabzavot yetishtirish va sotishda yagona tizim
15:49 / 2016-04-19

Agrar tarmoqda chuqur tarkibiy o‘zgarishlar amalga oshirilgani samarasida barcha ekinlardan mo‘l hosil olinmoqda.

Agrar tarmoqda chuqur tarkibiy o‘zgarishlar amalga oshirilgani samarasida barcha ekinlardan mo‘l hosil olinmoqda.

Ekin maydonlarining optimallashtirilishi va zamonaviy agrotexnologiyalarning joriy etilishi natijasida 2020-yilda boshoqli don yetishtirish hajmini 8 million 500 ming tonnaga, kartoshkani 35 foizga, sabzavotni 30, meva va uzumni 21,5, go‘sht yetishtirishni 26,2, sutni 47,3, tuxumni 74,5 foizga ko‘paytirish ko‘zda tutilmoqda.

Poytaxtimizda O‘zbekiston Fermerlari kengashi hamda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi siyosiy kengashi ijroiya qo‘mitasi hamkorlikda o‘tkazgan davra suhbatida shular xususida so‘z yuritildi.

Prezidentimiz Islom Karimovning 2016-yil 12-apreldagi “Meva-sabzavot, kartoshka va poliz mahsulotlarini xarid qilish va ulardan foydalanish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori soha rivojini yangi bosqichga ko‘tarishda muhim omil bo‘ladi.

– Tumanimizda meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan 120 dan ziyod fermer xo‘jaligi bor, – deydi Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani fermerlar kengashi raisi Sherzod Jo‘rayev. – Meva-sabzavot yetishtiruvchilarning eksport korxonalari bilan shartnomalar tuzganda komission narxi 1 foizdan oshmasligi, 2019-yilning 1-yanvarigacha meva-sabzavot, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzumni qayta ishlaydigan xususiy mulk shaklidagi korxonalar zamonaviy uskuna va texnologiyalar olib kirishda bojxona to‘lovlari kabi bir qator majburiy soliq to‘lovlaridan ozod etilgani Prezidentimizning fermerlarga ko‘rsatayotgan g‘amxo‘rligiga yana bir yorqin misoldir.

Davra suhbatida zamonaviy qayta ishlash uskunalarining qishloqlarga jalb etilishi yangi ish o‘rinlari yaratish, fermerlar daromadi oshishi, eksport salmog‘ining ortishiga xizmat qilishi ta’kidlandi.