Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mette Frederiksen: Grenlandiya sotilmaydi
16:38 / 2019-08-19

Muxtoriyat rasmiylari bu hudud sotilmasligi borasida bayonot berishdi.


AQSh Prezidenti Donald Tramp bayonot berib, Vashington haqiqatdan ham Daniyadan Grenlandiyani sotib olish imkoniyatlarini ko‘rib chiqayotganini tasdiqladi. Bundan avval bu haqda manbalarga tayangan holda OAVda xabarlar paydo bo‘lgan edi. Tramp bu ma’lumotni tasdiqladi. Ammo bu mavzu ustuvor emasligini so‘ziga qo‘shimcha qildi.

AQSh Prezidenti bayonot berib, Daniya Grenlandiyani nazorat qilish bilan pullarni bekorga saflayotganini ta’kidladi. Tramp bu masalani Daniya rasmiylari bilan sentabr oyida amalga oshiradigan safari doirasida muhokama qilishi mumkinligini istisno qilmadi.

Daniya bosh vaziri Mette Frederiksen Daniya muxtoriyatini xarid qilish borasidagi Tramp g‘oyasini absurd deya atadi. Bosh vazir bayonot berib, bu masalani AQSh prezidenti bilan uchrashuvda muhokama qilmoqchi emasligini ta’kidlab o‘tdi.

Muxtoriyat rasmiylari bu hudud sotilmasligi borasida bayonot berishdi.

Grenlandiya - Yer yuzidagi eng katta orol bo‘lib, uning katta qismi muz bilan qoplangan. Orol aholisi 56 ming kishidan iborat. Grenlandiyada AQShning eng yirik shimoliy harbiy bazasi bor.