Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Metsenatlik harakati hayotimizga kirib kelayotgani e’tiborga molik
15:29 / 2023-12-22

Davlatimiz rahbari raisligida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining yig‘ilishi davom etmoqda.

Davlatimiz rahbari ko‘plab xorijiy davlatlarda metsenatlik harakati keng yoyilganini qayd etib, bizning hayotimizga ham kirib kelayotganini olqishladi.

2017 yilda tashkil etilgan 70 ga yaqin “Do‘stlar klubi” tomonidan madaniyat muassasalariga 85 milliard so‘m homiylik yordami ko‘rsatilgan.  

Prezident madaniyat va san’atimizning sadoqatli do‘stlari bo‘lgan ushbu tashkilotlarga, ularning mehnat jamoalariga tashakkur bildirdi.

Endi bu tajribani doimiy ishlaydigan tizimga aylantirish zarurligi qayd etildi.

Ayni paytda davlatimiz rahbari madaniyat va san’at vakillari, ijodkorlar bilan muloqot qilmoqda.

 

O‘zA