Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Metroning 7-bekati vaqtincha yopiladi
09:36 / 2022-07-07

Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 12 iyuldagi farmoyishi talablari bajarilishini ta’minlash maqsadida Toshkent shahri Farg‘ona yo‘li ko‘chasidan “Qo‘yliq” dehqon bozori tomon qurilayotgan yo‘l o‘tkazgichining metropoliten Yer usti halqa metropoliten liniyasi 6 va 7 bekatlari oralig‘i yer ustki qismida qolip konstruksiyalarini o‘rnatish ishlari amalga oshirilmoqda.

Shu munosabat bilan 7- bekat 2022 yil 11 iyul kunidan 18 iyul kuniga qadar yo‘lovchilarga vaqtincha xizmat ko‘rsatmaydi. Yer usti halqa yo‘li yo‘nalishida poyezdlar harakati "Do‘stlik-2" bekati bilan 6-bekat oralig‘ida tashkil etiladi. 

Shuningdek,  2022 yil 11 iyul kunidan 1 avgustga qadar Yer usti halqa yo‘lida poyezdlar harakati soat 05:00 dan 23:00 gacha amalga oshiriladi.  

Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun “Toshkent metropoliteni” DUK yo‘lovchilardan uzr so‘raydi, deyiladi Transport vazirligi axborot xizmati xabarida. 

O‘zA