Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Metrologiya xizmati orqali tadbirkorlarga qanday imkoniyatlar yaratilmoqda?
16:56 / 2022-01-19

O‘zbekiston milliy metrologiya instituti Surxondaryo filiali hozirda viloyatdagi 2264 ta korxona va tashkilot bilan hamkorlik olib bormoqda.

2021 yilda filialga tadbirkorlik sub’ektlari, ishlab chiqarish va eksportyor korxonalar hamda jismoniy shaxslar tomonidan o‘lchash vositalarini qiyoslash va metrologik attestatlash bo‘yicha 3890 ta murojaat kelib tushgan.

Onlayn va an’anaviy tarzda qabul qilingan murojaatlar bo‘yicha turli xildagi metrologik xizmatlar ko‘rsatilgan. Filial hisobotiga ko‘ra o‘tgan yilda 67 509 ta uskuna metrologik qiyoslashdan o‘tkazilib, xulosalar hujjatlashtirilgan. Geometrik , massa, kuch va qattiqlik, bosim, vakum, harakat parametrlari, shuningdek, sarf, hajm, fizikaviy-kimyoviy optik-fizikaviy, issiqlik texnikasi va harorat va elektr kattaliklar yo‘nalishlarida olib borilgan aniq o‘lchashlar natijasida ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishdagi sifat belgilangan  talablarga mosligi saqlanib qolinmoqda.

Filialning Geometrik va massa kattaliklarini o‘lchash vositalarini kalibrlash va qiyoslash laboratoriyalari zamonaviy hozirgi kun talablariga mos tarzda ta’mirlanib ishga tushirildi. Korxona va tashkilotlarga qulay xizmatlarni ko‘rsatish maqsadida filialda "Damas“ va ”ISUZU" avtomashinalarida logistika va sayyor metrologik xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgan. O‘tgan yilda viloyatning turli hududlarida joylashgan 24 ta korxona va tashkilotlarning 655 dona o‘lchash vositalari logistika xizmati orqali qiyoslash ko‘rigidan o‘tkazildi.
Sayyor metrologik xizmat manzili Termiz tumani "Namuna" mahallasida joylashgan Surxondaryo viloyati Agrokimyoviy tahlil markazi bo‘ldi.

Markaz laboratoriyasi turli xildagi kimyoviy tahlillar o‘tkazishga moslashtirilgan. Bu yerda mavjud massa va harorat kattaliklarini o‘lchash uskunalari metrologik qiyoslanib, natijalar bo‘yicha hujjatlar rasmiylashtirilib taqdim etildi.

Amaliy yordam sifatida tahlil markazida yaqinda keltirilgan 30 dan ortiq o‘lchash uskunalarini o‘rnatish, saqlash va foydalanish bo‘yicha Surxondaryo filiali metrologlari hamkorlarga keng tushunchalar berib o‘tishdi.

Shuningdek, fizik-kimyoviy, sarf, bosim va harorat o‘lchash vositalarini qiyoslash va kalibrlash laboratoriyalarini zamonaviy talablarga mos tarzda ta’mirlash va qayta jihozlash maqsad qilingan.

Qolaversa, 7 turdagi 90 dona namunali o‘lchash vositalarini keltirish, logistika xizmatini kengaytirish uchun yana bitta avtomashina xarid qilish, kalibrlashni yo‘lga qo‘yish, xodimlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash ishlari ko‘zda tutilyapti.

Azamat To‘rayev,

O‘zbekiston milliy metrologiya

instituti Matbuot xizmati boshlig‘i