English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Metrologiya: sohani rivojlantirish bo‘yicha rejalar va kutilayotgan natijalar...
14:34 / 2021-01-29

O‘zbekiston milliy matbuot markazida O‘zbekiston milliy metrologiya instituti (O‘zMMI) ishtirokida «Metrologiya 2021: sohani rivojlantirish bo‘yicha rejalar va kutilayotgan natijalar» mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Anjumanda «O‘zstandart» agentligi va O‘zMMI mas’ul xodimlari, metrologlar va OAVlari vakillari ishtirok etishdi. Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil 29 dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan, O‘zbekiston yaqinda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida kuzatuvchi maqomini olganligi va ushbu tashkilotga a’zo bo‘lgan davlatlar bozorlarida to‘laqonli ishtirok etish uchun milliy texnik tartibga solish me’yorlarini ularning talablariga moslashtirish bo‘yicha ishlarni jadallashtirish zarurligi belgilab qo‘yilganligi ta’kidlandi.

 Shu bilan ayni paytda «O‘zstandart» agentligi oldida ham sohaga doir bir qator vazifalar yuklatilgan. Agentlikning tizim korxonasi O‘zbekiston milliy metrologiya institutida ham ana shu talabdan kelib chiqib amaliy ishlar boshlab yuborilganligi tilga olindi.

 Shu bilan birga, institutning 2021 yildagi rejalari haqida soha mutaxassislari tomonidan keng ma’lumotlar berib o‘tildi.