Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Metro poyezdlari qancha vaqtda va qay tartibda texnik ko‘rikdan o‘tkaziladi?
14:48 / 2023-10-04

Joriy yilning 4 oktyabr sanasida soat taxminan 07:55 atrofida Chilonzor yo‘nalishining “Chinor” (5-bekat) bekatidan harakatlanishi lozim bo‘lgan 14-sonli harakat tarkibining tormoz tizimida texnik nosozlik holati yuzaga kelgani bois, ushbu harakat tarkibi belgilangan vaqtda harakatlana olmagan.

Qayd etilishicha, yo‘lovchilarga noqulaylik hosil qilmaslik va yo‘nalishda belgilangan harakat jadvali buzilmasligini oldini olish maqsadida, ortidagi yo‘lovchilarsiz bo‘lgan poyezd orqali tirkamaga olinib, harakat tarkibi tekshiruv yo‘lagiga olib borilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda metro poyezdlarining o‘rtacha yoshi 38 yoshni tashkil qiladi. Xo‘sh, poytaxtda harakatlanayotgan metro poyezdlari qancha vaqtda va qay tartibda texnik ko‘rikdan o‘tkaziladi?

Bu haqda “Toshkent metropoliteni” DUK matbuot xizmati rahbari To‘ychi Mirzayev quyidagilarni ma’lum qildi.

– Harakat tarkiblari va qurilmalari mavjud elektrodepolarda tizimli ravishda belgilangan jadval bo‘yicha texnik ko‘rikdan o‘tkazib kelinadi. Yo‘nalishlarning so‘nggi bekatiga borilganda ham harakatga chiqishdan oldin mashinist tomonidan tekshiruv ishlari olib boriladi. Aynan yuqorida ro‘y bergan holatda ham mashinist tomonidan poyezd tekshirib ko‘rilgan va ushbu harakat tarkibining avtomatik tormoz tizimida kichik muammo aniqlangan. Xavfsizlikni ta’minlash uchun yo‘lovchilar bekatda tushirilgan. Poyezd esa texnik jihatdan qayta tekshiruv uchun yuborilgan.

Hozirgi vaqtda yo‘nalishdagi barcha poyezdlar belgilangan jadval asosida harakatlanmoqda. Alohida aytib o‘tishim kerakki, mutaxassislar tomonidan 24 soat davomida metrodagi yo‘lovchilarning xavfsizligi uchun harakat qilinadi. Texnik nosozliklar kuzatilganda mutaxassislar tomonidan kompyuterlashtirilgan tizim orqali tekshiriladi va kamchilik bartaraf etiladi.

Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash lozimki, Chinor (5-bekat) Chilonzor yo‘nalishning so‘nggi bekati hisoblanadi.

Muhayyo Toshqorayeva yozib oldi. 

O‘zA