Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Metallurglar Yangi yil bayramini nishonladi
12:31 / 2025-12-30

Bekobod shahrida “O‘zmetkombinat” aksiyadorlik jamiyati tashabbusi bilan Yangi yil bayramiga bag‘ishlangan tadbir yuqori saviyada o‘tkazildi. Unda Boshqaruv raisi – Bosh direktor Bahodir Abdullayev o‘tgan yil davomida korxona faoliyati va erishilgan natijalar haqida ma’lumot berdi. Xususan, “O‘zmetkombinat” AJda 2025 yil yakuni bilan sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 700 ming tonnadan oshirish kutilmoqda. O‘tayotgan yilda umumiy qiymati 1,1 milliard dollarlik 3 ta loyiha doirasida 39,5 mln dollar investitsiyalar o‘zlashtirildi.

 Kombinatda 2026 yilda ham sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirib, 1 million 60 ming tonnaga yetkazishni rejalashtirilmoqda. Shu davrda mahalliylashtirish dasturi bo‘yicha 24 turdagi loyihalar amalga oshirilishi, natijada o‘sish sur’ati 183 foiz bo‘lishi kutilyapti.

Qayd etilganidek, Prezidentimizning murojaatnomasida iqtisodiyotni texnologik va innovatsion o‘sish modeliga o‘tkazish masalasiga xam alohida urg‘u berildi. Bu yondashuv bugungi global raqobat sharoitida to‘g‘ri va muhim yo‘l ekanini yana bir bor tasdiqlaydi. Kombinat jamoasi oldiga qo‘yilgan vazifalar ham aynan yuqori qo‘shilgan qiymat yaratish, energiya samaradorligini oshirish va zamonaviy texnologiyalarni joriy etishga qaratilgan. 

— Kelgusida kombinatimiz qoshida texnopark tashkil qilishni maqsad qilganmiz. Unda 10 dan ziyod investitsiya loyihalari barpo qilinadi. Natijada 2 ming nafardan ortiq bekobodliklar ish bilan ta’minlanadi. Bundan tashqari, faoliyatimizda zamonaviy texnologiyalar va sun’iy intellektdan samarali qo‘llaymiz. Bu orqali sifatli mahsulot ishlab chiqarishga erishamiz, — deydi “O‘zmetkombinat” aksiyadorlik jamiyati rahbari Bahodir Abdullayev.  Tadbirda Bekobod shahar hokimi Nasrulla Babayev ham so‘zga chiqib, metallurglar mehnatining sanoat rivojidagi ahamiyatini e’tirof etdi. Tadbirning badiiy qismida taniqli san’atkorlar ishtirok etib, bayram dasturiga ko‘tarinki ruh bag‘ishladi. Shuningdek, bolalarga bayram sovg‘alari tarqatildi. 

A. Musayev, O‘zA.