Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Metallurg” markaziy stadionida taʼmirlash ishlari yakuniy bosqichda
15:17 / 2019-02-08

Yangi mavsum oldidan Oʻzbekiston Professional futbol ligasi superliga hamda Pro-liga klublari oldiga jiddiy talablarni qoʻymoqda.


Yangi mavsum oldidan Oʻzbekiston Professional futbol ligasi superliga hamda Pro-liga klublari oldiga jiddiy talablarni qoʻymoqda. Shulardan biri – chempionat oʻyinlari oʻtkaziladigan stadionlarning holatini yaxshilash masalasidir.

photo5395335143142566255.jpg

Sir emaski, futbol – maydondan, stadiondan boshlanadi. Mavsum yaqinlashgan sayin muxlislarni oʻzgacha shukuh, kuchli hayajon chulgʻaydi. Klub rahbariyati va stadion maʼmuriyati uchun esa ish qiziydi.

Bekobodning “Metallurg” klubida ham mavsumga tayyorgarlik ishlari yakuniy bosqichga kirdi. Jumladan, “Metallurg” markaziy stadionining futbol maydonida drenaj, sugʻorish tizimini oʻzgartirish ishlari poyoniga yetib, bevosita maydonni parvarish qilish ishlari boshlandi. Maydonga qum-tuproq yotqizib, tekislandi. Qoʻshimcha urugʻ qadaldi. Qolaversa, maydon atrofiga sunʼiy qoplama yotqizilishi rejalashtirilgan.

photo5395335143142566256.jpg

Shu hafta boshida Samarqand shahridan yangi oʻrindiqlar keltirilib, singan, joyidan koʻchgan barcha oʻrindiqlar almashtirilmoqda. “Oʻzmetkombinat” elektr boshqarmasi bilan hamkorlikda stadion projektorlari holati ham PFL talablari darajasiga olib kelinyapti. Shu kunlarda asosiy eʼtibor futbolchilarning kiyinish va yuvinish xonalari, hakamlar, nazoratchi va komissar xonalari, matbuot anjumanlari zalini taʼmirlashga qaratilgan. Bir soʻz bilan aytganda, yangi mavsumda bekobodlik muxlislar “Metallurg” markaziy stadionida haqiqiy futbol zavqini his qilishiga shubha yoʻq.

photo5395335143142566258.jpg