Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Metallurg” Antaliya yigʻinini gʻalaba bilan yakunladi
10:03 / 2019-02-09

Avval xabar berganimizdek, superliga vakili Bekobodning “Metallurg” jamoasi shu kunlarda mavsumoldi tayyorgarlik bosqichi doirasida Turkiyaning Antaliya shahrida yigʻin oʻtkazmoqda


Avval xabar berganimizdek, superliga vakili Bekobodning “Metallurg” jamoasi shu kunlarda mavsumoldi tayyorgarlik bosqichi doirasida Turkiyaning Antaliya shahrida yigʻin oʻtkazmoqda.

Kecha “Metallurg” futbolchilari Rossiya birinchiligida Leningrad viloyati sharafini himoya qilib kelayotgan “Leningrades” jamoasiga qarshi nazorat-stinov oʻyinida maydonga tushdi. Uchrashuvni vakillarimiz quyidagi tarkibda oʻtkazishdi:

“Metallurg”: Zafar Safoyev, Abbos Otaxonov, Kamoliddin Tojiyev, Andrey Shipilov, Stanislav Andreyev, Akbar Ismatullayev, Ibrohim Yoʻldoshev, Sergey Tumasyan, Server Jeparov, Muzaffar Muzaffarov, Islom Isoqjonov.

photo5397588824151927231.jpg

Zaxiradan maydonga tushganlar: Karim Muhammedov, Zoir Joʻraboyev, Abror Toshqoʻziyev, Odil Abdumajidov, Doniyor Usmonov, Xudoyshukur Sattorov, Muhammad Isayev, Mahmud Qudratullayev, Zohid Abdullayev.

Uchrashuvda katta ustunlikka erishgan bekobodliklar 2-0 hisobida gʻalabaga erishdi. Avvaliga 29-daqiqada Islom Isoqjonov hisobni ochdi. Tanaffusga yaqin jamoada koʻrikdan oʻtayotgan legioner futbolchi Sergey Tumasyan raqiblar darvozasiga ikkinchi toʻpni kiritdi.

Ikkinchi boʻlimda har ikki jamoa murabbiylari tarkibni 90 foizga oʻzgartirishdi. Biroq qolgan vaqt davomida darvozalarga boshqa toʻp kiritilmadi. Shu tariqa “Metallurg” jamoasi Turkiya yigʻinini gʻalaba bilan yakunladi.

Eslatib oʻtamiz, bungacha bekobodliklar Antaliya yigʻini doirasida Armanistonning uch karra chempioni “Alashkert” (0:3) hamda Bolgariyaning SSKA 1948 (0:1) jamoalariga yutqazishgan boʻlsa, Qozogʻistonning “Akjayik” klubi 1:0 hisobida magʻlub etilgandi.