Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Metall konstruksiyalarga bo‘lgan ehtiyoj qondirilmoqda
17:44 / 2023-08-08

FOTOREPORTAJ

Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahridagi “ENTER STEEL” mas’uliyati cheklangan jamiyati O‘zbekistonning neft-gaz sanoati sohasi uchun mahsulotlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish hamda yurtimizda metall konstruksiyalarga tobora ortib borayotgan ehtiyojni qondirish maqsadi yo‘lida faoliyat yuritmoqda.  

Bu yerda metall konstruksiyalar, ko‘prikli va chorpoya kranlar, bosim ostida ishlovchi idishlar va apparatlar ishlab chiqariladi. Korxona 2019 yilda ishga tushirilgan bo‘lib, ayni paytda bu yerda 750 nafar kishi mehnat qilmoqda. Zavodning ishlab chiqarish quvvati yiliga 25 ming tonna metall konstruksiyalarni tayyorlashga yetadi.  

[gallery-13058]

Korxona uchun mahsulotlar namunalarini yaratish ustida Chirchiq shahrida ochilgan alohida konstruktorlik byurosi jamoasi ish olib bormoqda.

Olmaliq shahrida zavodning “Enter Steel Olmaliq” filiali faoliyat yuritib kelmoqda. Bu yerda AGMK, 3-misni qayta ishlash zavodi (MOF-3) qurilishi ehtiyojlari uchun metall konstruksiyalar ishlab chiqariladi. Buxoro viloyatida yangi “Enter Stell” Qorako‘l zavodi ham qurilmoqda.

 Davron ERNAZAROV (surat), O‘zA