“Meta” aksiyalari 13 foizga oshgani ma’lum bo‘ldi
Amerikaning “Meta” korporatsiyasi aksiyalari 13 foizga o‘sdi, deya xabar berdi “TASS” axborot agentligi.
Korporatsiya daromadlarining bu yilgi choraklik o‘sishi so‘nggi o‘n yildagi eng past ko‘rsatkich bo‘lgan.
Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, “Meta”ning qimmatli qog‘ozlari o‘sishiga tarmoqning faol foydalanuvchilari bilan bog‘liq choraklik hisobot sabab bo‘lgan.
Korporatsiya platformasidan yiliga 1,96 milliard kishi foydalanadi. Bu ko‘rsatkich mutaxassislar taxmin qilgan natijadan ancha oshib ketganini qayd etish kerak.
Darvoqe, 27 aprelda Nyu-York fond birjasi savdolar yopilishidan bir muddat oldin “Meta”ning aksiyalari 13 foizga o‘sgan.