Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Messining orzusi ushaldi. Argentina “JCH-2022” chempioni!
23:10 / 2022-12-18

Qadrli futbol ihlosmandlari, Qatardagi musobaqada Argentina tengsiz.

“JCH-2022” musobaqasining ilk o‘yinidayoq Saudiya Arabistoniga imkoniyatni boy berib, muhlislarini ranjitgan Argentina yakunda mundial g‘olibiga aylandi.

Leo Messi boshchiligidagi jamoa penaltilar seriyasida Fransiyani mag‘lubiyatga uchratib, tarixiy natijani qayd etdi. Bu jarayonga qadar qo‘rqinchli to‘rt taym guvohiga aylandik, deyish mumkin. Keling hammasini boshidan boshlaymiz...

Butun musobaqa davomida kutilmagan voqealar taqdim etgan mundialning yakuniy bosqichi – finalda Argentina va Fransiya o‘zaro jang qildi. Uchrashuvning birinchi bo‘limida Argentina tomonidan shou uyushtirildi, natijada 23-daqiqada Messi penaltidan gol urdi, 35-daqiqada esa Di Maria raqib darvozasini ishg‘ol etdi.

Ikkinchi bo‘lim tubdan o‘zgarib ketdi. Kilian Mbappe 80-daqiqada penaltidan gol kiritgach, oradan 94 soniya o‘tar-o‘tmas yana raqib darvozasiga gol urdi va hisob tenglashdi. Fransiya tomonidan amalga oshirilgan “come back” butun dunyo nigohini qo‘shimcha bo‘limlarga qaratdi.

Messining terma jamoadagi faoliyatini yakunlashiga xizmat qilishi mumkin bo‘lgan uchrashuvga qo‘shib berilgan 2-qo‘shimcha taym boshida, ya’ni 106-daqiqada afsonakor Messi jamoasini oldinga olib chiqdi. Biroq, bolakay Mbappe taslim bo‘lmasligini isbotlovchi golni kiritdi. 107-daqiqada Fransiya tomonidan amalga oshirilgan penalti hisobni tenglashtirdi.

Jangovor durang qayd etilgan o‘yinda penaltilar seriyasiga ham murojaat qilindi. Argintina 4 : 2 Fransiya (penaltilar seriyasi).

Argentina muhlislarini tabriklaymiz. Messining orzusi ushaldi.  

Behruz Xudoyberdiyev tayyorladi.

O‘zA