English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Messi Xavining rekordini yangiladi
12:46 / 2019-03-18

Kecha Ispaniya Premerosida “Barselona” klubi safarda “Betis”ni yirik – 1:4 hisobida mag‘lub etdi.


Kecha Ispaniya Premerosida “Barselona” klubi safarda “Betis”ni yirik – 1:4 hisobida mag‘lub etdi.

Uchrashuvda kataloniyaliklar yetakchisi va sardori Lionel Messi xet-trik qayd etdi va oltin butsa uchun kurashdagi peshqadamlik mavqeini yanada mustahkamladi. Shu bilan birga u kecha “Barselona”ning yana bir rekordini yangilashga muvaffaq bo‘ldi.

Kechagi yutuq argentinalik futbolchining kataloniyaliklar safida barcha musobaqalarda qo‘lga kiritgan 477-g‘alabasi sifatida tarixga kirdi. Bu bilan u “Barsa”ning tirik afsonasi Xavining rekordini yangiladi.

Xavi faoliyati davomida kataloniyaliklar safida 476 marotaba g‘alabaga erishgan. Buning uchun u 767ta o‘yinda maydonga tushgan bo‘lsa, Messiga Xavining rekordini yangilash uchun atigi 674ta o‘yin yetarli bo‘ldi.

Bundan tashqari, “Betis”ga qarshi o‘yinda Messi La-ligadagi 333-g‘alabasini nishonladi. Bu borada ham “Barselona” sardori mutlaq rekordchiga aylanishi uchun yana ikkita o‘yin yetarli bo‘lishi mumkin, faqat mana shu o‘yinlarda kataloniya jamoasi g‘alaba qozonishi talab etiladi. La-ligada ayni paytda rekordchilar sanaladigan Andoni Subisarreta (“Barselona”ning sobiq a’zosi) hamda Iker Kasilyas (“Real” Madridning sobiq a’zosi) hisobida 334tadan g‘alaba mavjud.