English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Messi "ko‘k-anorranglilar" safini tark etganida yig‘lagan, "Barselona" va Leoning ashaddiy muxlisi bo‘lgan Maduro
17:30 / 2026-01-04

Venesuela prezidenti Nikolas Maduroning AQSH hukumati tomonidan qo‘lga olinishi futbol muxlislariga tanish bo‘lgan bir jihatni eslatdi.

Maduro "Barselona" klubi va Lionel Messining ashaddiy muxlisi hisoblanadi.

2021 yilning yozida Messi "Barselona"ni tark etgach, Maduro bu holat uni juda qattiq ta’sirlantirganini ochiq tan olgandi. Venesuela olimpiyachilarini taqdirlash marosimida so‘zlagan nutqida u Kataloniya klubi rahbariyatini keskin tanqid qilib. "Messi bilan birga yig‘ladim", deb aytgandi: 

"Barselona"da Messiga nisbatan qilingan ishlar dahshatli. Men u bilan birga yig‘ladim. Sababi, u sport olamidagi tirik afsona va ajoyib inson. "Barsa" rahbariyatini hech qanaqasiga oqlab bo‘lmaydi. Ular Messini haydashdi. O‘ylaymanki, Lionel parijliklar bilan birgalikda chempion bo‘ladi". 

Bundan tashqari, Maduro ancha keskin ohangda quyidagi fikrni ham bildirgandi: 

"Messiga qilingan ishni qabul qilib bo‘lmaydi. Agar futbol tarixidagi eng buyuk o‘yinchiga nisbatan shunday munosabatda bo‘lishning imkoni bo‘lsa, demak, istalgan insonga ham shunday qilish mumkin". 

Turli yillarda Venesuela prezidenti "Barselona" ramzlari tushirilgan liboslarda jamoatchilik oldida bir necha bor ko‘riish bergan va "ko‘k-anorranglilar"ga bo‘lgan mehrini yashirmagan. Ijtimoiy tarmoqlarda hozirgacha tarqalayotgan videolarning birida Maduro hazil tariqasida kataloniyaliklar bilan "shartnoma imzolagani", go‘yoki uni mashg‘ulotlarga taklif qilishgani, shuningdek, uni zaxira hujumchisi sifatida tarkibga qo‘shib olishganini aytadi. 

Umuman olganda, uning ba’zi futbolga, ayniqsa, "Barselona"ga oid bayonotlari nostandart va egallab turgan lavozimiga yarashmaydigan harakatlar sanaladi. Boshqa tomondan olib qaralganda, Messi va "Barselona"ning ommaviyligi shu qadar kengki, sportdan ancha yiroq bo‘lgan insonlargacha o‘z ta’sir doirasini o‘tkaza olgan.

Karim Xudoyqulov, O‘zA