English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Messi futbol qiroli – Peleni taxtdan ag‘darmoqchi
10:27 / 2020-12-14

Pele dunyo futbolchilari orasida bir jamoa uchun eng ko‘p gol urgan hujumchi sifatida tarixga kirgan. U “Santos” jamoasi safida raqiblari darvozasini 643 marta aniq nishonga olgan.

Pelening qayd etgan mazkur rekordi hamon yangilangani yo‘q. Ayniqsa, futbolchilar qo‘nimsizligi kuchaygan zamonaviy futbolda buning deyarli imkonini topish qiyin. Biroq “Barselona”da ushbu rekordni yangilashga yaqin turgan futbolchi bor – Messi.

Ispaniya chempionatining 13-turida Leo “Levante” darvozasini ishg‘ol qildi. Bu Messi uchun “Barselona” tarkibidagi 642 goli sifatida qayd etildi. Hali Messining “Barselona” bilan yozgacha shartnomasi borligini va hujumchi hamon jamoa yetakchisi ekanini inobatga olsak, argentinalik hujumchi bir jamoa uchun gol urish borasida Pele taxtini egallashi hech gap emas.