Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Messi “Barselona”dan ketmoqchi boʻlsa, qanday variantlar bor?
16:07 / 2020-08-18

Ayni kunlarda Lionel Messi “Barselona”dan ketmoqchi ekani haqidagi xabarlar dunyo uzra tarqalmoqda.


Ayni kunlarda Lionel Messi “Barselona”dan ketmoqchi ekani haqidagi xabarlar dunyo uzra tarqalmoqda. Xoʻsh, Kataloniya klubidan ketsa uning faoliyati qay tarzda davom etadi?

Leo agar jamoa bilan hamkorlikni muddatidan avval toʻxtasa, yozgi transferlar vaqtida “Inter” va “Manchester Siti” tomonidan berilgan takliflardan birini tanlashi kerak boʻladi. Shuningdek, Messi uchun ikkinchi yoʻl ham mavjud. U amaldagi bitimi yakunlangunicha jamoada qolishi va qishki transfer vaqtida boshqa jamoaga erkin agent sifatida oʻtib ketishi mumkin.

Eslatib oʻtamiz, Lionel Messi “Barselona” tarkibida 2003-yildan buyon toʻp surmoqda. U klub tarixida eng koʻp gol urgan va olti marotaba “Oltin toʻp”ga ega chiqqan yagona futbolchi hisoblanadi.