Mers Yevropani AQSHdan mustaqilroq bo‘lishga chaqirdi
Germaniya kansleri Fridrix Mers Yevropa davlatlari AQSHdan yanada mustaqil bo‘lishi kerakligini ta’kidladi. Bu haqda u Eshborn shahrida o‘tgan “Deutsche Borse Group”ning yillik tadbirida so‘zlagan nutqida ma’lum qildi.
– Biz yanada suveren va mustaqil bo‘lishimiz kerak, ayniqsa, texnologik sohada, –dedi u. – Shuningdek, bu masala Qo‘shma Shtatlar bilan munosabatlarga ham taalluqli.
Mersning aytishicha, Yevropa mustaqil va o‘zini himoya qila oladigan darajada qudratli bo‘lishi shart. Shuningdek, kansler GFR Yevropa mustaqilligini kuchaytirishda muhim rol o‘ynashi mumkinligini bildirdi.
D.Hakimov, O‘zA