Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mers va Makron YeI iqtisodiyotini tiklash tarafdori
09:56 / 2026-02-13

Yevropa Ittifoqi yetakchilari Belgiyada bo‘lib o‘tgan norasmiy sammitda tuzilma iqtisodiyoti raqobatbardoshligini oshirish masalalarini muhokama qildi, deb xabar bermoqda “DW”nashri.

GFR kansleri Fridrix Mers Yevropa sanoatini kuchaytirish zarurligini ta’kidlab, YeI tezkor va samaraliroq ishlashi kerakligini urg‘uladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, asosiy vazifa Yevropa hududida raqobatbardosh sanoatni shakllantirish.

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron ham Yevropa tezkor qarorlar qabul qilishi lozimligini qayd etib, qit’a iqtisodiyoti oldidagi muammolar shoshilinch choralarni talab qilayotganini bildirdi.

Shuningdek, sammitda YeI iqtisodiyotiga bosim o‘tkazayotgan omillar, ichki bozordagi to‘siqlar, ortiqcha byurokratiya, energiya narxlarining yuqoriligi hamda AQSH va Xitoy bilan raqobat kuchayishi muhokama qilindi.

D.Hakimov, O‘zA