Mers Pekindan yordam kutadi
Germaniya Kansleri Fridrix Mers Xitoydan Rossiya – Ukraina mojarosini tugatish uchun o‘z ta’sir kuchidan foydalanishni so‘radi.
– Xitoyning ovozi butun dunyoda eshitilmoqda, XXR qarorlari beqiyos ahamiyatga ega, – dedi u “Phoenix” telekanali efirga uzatgan Rais Si Szinpin va Bosh vazir Li Syan ishtirokidagi muzokaradan so‘ng. – Pekin vaziyatga ta’sir qila oladi, chunki Xitoyning fikri Moskvada jiddiy qabul qilinishi ma’lum. Bu ham so‘z, ham amalga tegishli.
Mers Xitoyning global tinchlikka sodiqligini olqishlab, shu asosda o‘zaro hamkorlikni davom ettirishdan umidvorligini bildirdi.
O‘z navbatida, Xitoy rahbari RF – Ukraina ziddiyatiga muloqot orqali yechim topish, tomonlar xavotirini hal qilish va mustahkam tinchlik o‘rnatish zarurligini ta’kidlagan.
S.Rahimov, O‘zA