English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mers: Germaniya shunchaki kuzatmaydi
14:50 / 2025-05-29

Germaniya Kansleri Fridrix Mers kecha Berlinda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashdi. Rasmiy tadbirdan so‘ng ikki yetakchi hamkorlik rejasi haqida suhbatlashgan. Mers Germaniyaning Ukrainani harbiy va iqtisodiy sohada qo‘llab-quvvatlash chuqurlashishini tasdiqlagan. – Biz Ukrainaga mamlakatni muvaffaqiyatli himoya qilish uchun imkon darajasida yordam berishga harakat qilyapmiz, – degan Kansler.

Berlin tomonidan “Taurus” raketalari yetkazib berilishi bilan bog‘liq savollarga u tafsilot maxfiyligini aytib, aniq javob bermagan.

Zelenskiy Germaniyaga havo mudofaasi yo‘nalishidagi yordami uchun minnatdorlik bildirdi. Bundan tashqari Berlindan Ukrainani tiklashda ishtirok etishini so‘radi.

Mers, o‘z navbatida, besh banddan iborat Ukraina bilan hamkorlik rejasini taqdim etdi.

Anchadan buyon Berlin va Kiyev o‘rtasida muntazam hukumatlararo maslahatlashuvni boshlash, iqtisodiy sheriklikni chuqurlashtirish ustida ish ketyapti. Ikki mamlakat uzoq masofaga tuchadigan qurol ishlab chiqarish bo‘yicha ittifoq tuzadi. Mers va Zelenskiy yangi mudofaa tashabbusi ilgari surilishini e’lon qilgan.

Germaniyaning Ukrainaga zamonaviy qurol ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishda beradigan yordami harbiy-sanoat hamkorligining yangi shakli sari qo‘yilgan ilk qadam bo‘ladi. Yaqin kelajakda mudofaa vazirlari tegishli shartnoma imzolashi kutilyapti.

– Ukraina o‘zini to‘liq himoya qila olishi kerak, jumladan o‘z hududidan tashqaridagi harbiy maqsadlardan ham, – degan Mers.

Zelenskiy, o‘z navbatida, Ukrainada ham Germaniyada ham qurol ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha muzokara olib borilayotganini tasdiqladi. U tafsilotlarga to‘xtalmasa-da, Ukraina armiyasi tomonidan faol foydalanilayotgan dronlarning muhim rolini alohida ta’kidlagan.

Kansler Rossiyaning sulhdan voz kechishi og‘ir oqibatlarga olib kelishi, GFR esa vaziyatni shunchaki kuzatmasligini eslatgan.

S.Poyonov, O‘zA