Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Merosga tayanib, kelajak sari”
19:18 / 2025-11-01

YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi tadbirlari doirasida mamlakatimiz bo‘ylab yashil bog‘lar tashkil etilmoqda. Jumladan, ko‘hna va boqiy Buxoroda barpo etilayotgan “Yangi O‘zbekiston bog‘i”da daraxt ekish tadbiri tashkil etildi.

YUNESKOning 80 yilligi munosabati bilan “Merosga tayanib, kelajak sari” shiori ostida amalga oshirilayotgan mazkur tashabbus tashkilotning asosiy qadriyatlari — tinchlik, madaniyatlararo muloqot, madaniy merosni asrash va ekologik barqarorlik g‘oyalarini ifodalaydi.  

[gallery-26035]

Tadbirda keng jamoatchilik, nuroniylar, yoshlar, faol fuqarolar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdi.  Tarixiy tadbir munosabati bilan 3 gektar maydonda 2 ming tup turli ko‘chat, jumladan, qayrag‘och, sadaqayrag‘och, katalpa, shumtol, yapon saforasi, chinor  o‘tqazildi.

"Yashil makon" loyihasi doirasida viloyat hududlarida ko‘chat ekish ishlariga qizg‘in kirishilmoqda. Maqsad —Buxoroyi Sharifni ekologik toza, yashil va qulay hududga aylantirish.

Tadbirda viloyat hokimi Botir Zaripov, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, Ekologik partiya fraksiyasi raisi o‘rinbosari Oybek Rahimov ishtirok etdi.

Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (surat), O‘zA muxbirlari